
Rishton shahridagi shaxmat klubi va o‘quv markazi. Biz bilan xalqaro grossmeyster darajasiga chiqing!






Rishton shaxmat klubi “Dorul-Omon” mahallasida, B. Roshidoniy ko‘chasidagi o‘quv markazida ishlaydi. Rishtonlik bolalar bu yerda murabbiy rahbarligida mashq qiladi, partiyalarni katta ekranda tahlil qiladi va klub turnirlarida kuchini sinaydi.

Bo‘lajak Sindarov va Abdusattorovlar bizda tahsil olishmoqda.
“Rishton shaxmat klubi”da yosh shaxmatchilar ishtirokida turnirlar muntazam o‘tkaziladi. Bahslar qizg‘in o‘tadi, g‘olib va sovrindorlar diplom bilan taqdirlanadi.
Klub turnirlari yakunida g‘olib va sovrindorlar “Faxriy yorliq” bilan taqdirlanadi.

Bugungi kunda “Rishton shaxmat klubi”ning 25 nafar a’zosi FIDE ID ga ega. Bu ular xalqaro reyting turnirlarida qatnasha olishini anglatadi. Qudratov Ibrohimjon ham ana shu safda.
Farzandingizni shaxmatga olib keling yoki o‘zingiz qo‘shiling. Qo‘ng‘iroq qiling yoki ijtimoiy tarmoqlarimizda yozing.